2009年1月21日星期三

Mahmud Kashghariy we «diwan»diki edebiy parchilar

Toluq Teksti



Mahmud Koshg’ariy


(XI asr)


Mahmud ibn ul-Husayn ibn Muhammad al-Koshg‘ariy XI asrda yashagan qomusiy bilim sohibidir. Uning bizga qadar 1072 yili yozilgan «Devonu lug‘otit turk» (Turkiy so‘zlar tuplami) kitobi yetib kelgan. Sof tilshunoslikka doir bo‘lgan bu asarda olim turli so‘z va iboralarni izohlash, ma’nosi va kelib chiqishini tushuntirishda turkiy xalqlar og‘zaki ijodidan 300 dan ziyod misol keltirgan. Bu she’riy parchalar tematik jihatdan rang-barangdir. Mazkur asar turkiy tillar tarixini o‘rganishda nodir manbaa bo‘libgina qolmay, balki eng qadimgi turkiy she’riyatni, adabietshunoslik atamalarini o‘rganish jihatidan ham yagona dastxatdir.


«Devonu lug‘otit turk»tiki adabiyot


* * *

Olim kishi so‘zidan olgil o‘git,
Yaxshi so‘zlar ta’siri dilga singar.

* * *

Olim kishini ezgu tutib so‘zin eshit,
Hunarini o‘rganibon amal qilg‘il.

* * *

Qush ov ko‘rsa yuksaklardan pastga tushar,
Olim kishi o‘git bersa, darhol uqar.

* * *

Olimlarga yaqinlash, bahra olgil tutib dil.

* * *

Qo‘ni-qo‘shni, qarindosh,
Ko‘rsin sevdan yaxshilik.

* * *

Kelsa birov yo‘qlanib,
Bergil yaxshi ozuq, non.
Qarg‘ab ketar mehmonlar,
O’tar bo‘lsang gar yomon.

* * *

Undab ulug‘ chaqirsa,
Tezlik bilan chopib kel,
Ochlikda birga bo‘lgil,
Ne holda bo‘lsa yurt, el

* * *

Yashirin tutilgan sevgi
Ayrilgan kun bilinar.
Og‘riq ko‘zni berkitma,
Yoshi oshkora qilar.

* * *

Kulsa kishi yuzingga,
Ko‘rklik bo‘lib ko‘ringil.
Shirin, ochiq so‘z so‘yla,
Yoqmoq uchun uringil.

* * *

Ulug‘lig‘ing oshsa xushxulq bo‘lgil.

* * *

Yomonlikka otlanma,
Tildan chiqar ezgu so‘z.

* * *

Baxil mezbon mehmonni o‘g‘ri ko‘rar,
Berganini minnat qilib yuzga urar.

* * *

Mehmon kelsa o‘tqazgil,
Hordiq olib tinch bo‘lsin.
Oti ham yorug‘likda
Arpa, somonga tuysin.

* * *

Ilm, hikmat o‘rgangin, bo‘lma mag‘rur,
Maqtanchoqni sharmandasi chiqdi, ko‘r.

* * *

Kelsa agar xonang uzra g‘arib mehmon,
Bor narsangni oldiga quy, bo‘l mehribon.

* * *

Qo‘ldoshingni hurmat qil,
O’zgalarga yuzlanma.
Boqolmasang tovug‘ing,
Qush boqay, deb so‘zlanma.

* * *

Ketgan molga achinma,
Unga ozroq o‘kingil.

* * *

Eshitib ota-onaning
So‘zlarini qadrla.
Molu mulking ko‘paysa,
Mag‘rurlanib quturma.

* * *

Ish boshlashda hovliqmay, diqqatla boq
Chaqmoqtoshni shoshib chaqsang o‘char chiroq.

* * *

Mashaqqatsiz hayot yo‘q bunda aslo,
Ezgulikni kurmasdan umr bitar.

* * *

Ko‘rklik to‘ning o‘zingga,
Totlig‘ oshing o‘zingga.
Qo‘noqqa ko‘rgiz izzat,
Yoysin sha’ning uzoqqa.

* * *

Boqmas jahon sovuq so‘z,
Shilqim, yuzsiz baxilga,
Yoqimli bo‘l, xushxulq bo‘l,
Qolsin noming ko‘p yilga.

* * *

مەنزىل
http://uzunjahan.blogspot.com/

没有评论:

发表评论