2009年1月21日星期三

Özbikche menbelerde mahmud kashghariy







MAHMUD KOSHG’ARIY


Mahmud Koshg‘ariyning asl ismi Mahmud Ibnulhusayn ibn MuhammadilKoshg‘ariy bo‘lib, uning bobosi Qashqarda tug‘ilgan bo‘lsa ham, ammo uasosan Bolosog‘unda yashagan. Ba’zi manbalarda Koshg‘ariyning to‘liqismi Shamsiddin Mahmud Ibn Husayn tariqasida keltirilgan. MahmudKoshg‘ariy taxminan 1028-1037 yillar o‘rtasida Qoshg‘ar shahriningjanubi-g‘arbidagi Upol qishlog‘ining Ozig‘ mahallasida tug‘iladi.

U qoraxoniy hukmdorlaridan Yusuf Qodirxonning evarasi. Otasi Husayn ibnMuhammad (Qodirxonning nevarasi) Arslon elig nomi bilan 1056-1057yillarda Barsxon amiri bo‘lgan. Mahmudning ona tomondan buvasi Xo‘jaSayfiddin buzrukvor ham o‘qimishli kishi bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariyarab, fors, rumoniy kabi 8-9 tilni mukammal zgallagan. U qandaydir birqirg‘in paytida ota yurtini tashlab chiqib kegadi, ko‘p o‘lkalarnikezadi va 1118 yilda Qashg‘arga qaytib kelib madrasada dars beradi.

97 yoshida (milodiy 1126 yilda) vafot etadi va O’poldagi ajdodlarimaqbarasiga dafn etiladi. Maqbara hozirgacha «Hazrati Mullom mozori»nomi bilan mashhur. M, Koshg‘ariy ilk geograf, botanik, zoolog, turkiytil grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olim,folklorshunos, elshunos (etnograf), adabiyotshunos, shoir, tarixchi vaqomusiy olimdir. Uning «Javohir-un nahv fi lug‘otit turk» («Turk tilisintaksisi qoidalari») asari topilmagan.



«Devonu lug‘otit- turk» asari haqida

«Devonu lug‘otit turk» («Turkiy so‘zlar devoni») hijriy 469, milodiy1076-1077 yillarda yozilgan bo‘lib, Abulqosim Abdulloh binni Muhammadal-Muqtadoga bag‘ishlangan. Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo‘lgan. Yangimanbalarga ko‘ra bu asar 1072 yilda yozila boshlangan va 1074 yildatugatilgan (hijriy 464-466 y). Muallif bu haqda shunday degan: «Kitob464 yilda (hijriy) jumadul avval boshlarida boshlandi va to‘rt karrayozilgandan (ko‘chirilgandan) va tuzatilgandan so‘ng 466 yil jumaduloxirning 12~kuni bitirildi».

Umuman olganda bu asar XI asrdayozilgan bo‘lib, turkiy so‘zlar lug‘ati hisoblanadi. Bu kitobda O’rtaOsiyoda yashagan turkiy xalqlarning XI asrgacha bo‘lgan badiiy ijodito‘g‘risida juda qimmatli ma’lumotlar jamlangan bo‘lib, unda qadimgiqabilaviy hayot, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan bog‘lanibketadigan lavhalar qo‘p uchraydi. Muallif unda so‘zlarning ma’nosiniarab tilida izohlab beradi. Misol sifatida ko‘plab xalq maqollari,hikmatlari, qo‘shiqlaridan keltiradi. Bu haqda Mahmud Koshg‘ariyningo‘zi yozadi: «Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so‘zlar,saj’lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilanbezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanibkelgan she’rlaridan shodlik va motam kunlarida qo‘llaniladigan hikmatliso‘zlaridan, maqollaridan keltirdim».

«Devonu lug‘otit turk»asarining asl qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan emas. Uning yozilgansanadan 200 yil o‘tgach ko‘chirilgan birdan-bir nusxasi Istanbulkutubxonasida saqlanmoqda. Uch jidddan iborat bu kitob 1939-1941yillarda hozirgi turk tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.O’zbekistonda «Devon» ning birinchi tadqiqotchisi va qisman noshiriprofessor Fitratdir. Bu asarni filologiya fanlari doktori, taniqlitilshunos olim S. Mutallibov hozirgi o‘zbek tiliga ag‘dargan.

«Qo‘shiq», «she’r», «qasida», «marsiya», «afsona», «maqol» kabiatamalar ilk bor shu asarda qo‘llangan va uyg‘ur yozuvi haqida ham ilkma’lumotlar keltirilgan. Asarda mehnat va marosim qo‘shiqlari, lirikqo‘shiqlar va o‘gitnomalar, «Qish va yoz» munozarasi, «Alp Er To‘nga»(Afrosiyob) marsiyasi, savlar (afsonalar), maqollar, "Oltin qon"afsonasi (unda qadimgi turkiy ajdodlarimizning Iskandar Zulqarnayngaqarshi mardliklari hikoya qilinadi), «Tangutlar bilan jang», «Yaboqularbilan jang» kabi parchalar va shu kabilar keltirilgan. «Devon» daturkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog‘liq bo‘lgan she’riyparchalar katta o‘rin tutadi. Ularda xalqning urf-odati, yashash tarzi,mashg‘uloti, ishonch-e’tiqodlari ifodasi ochiq ko‘rinadi. Yigitlarniishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka da’vat kabi qadimgiturmush tarzidan olingan qo‘shiqlar maxsus berilgan.

Lirikqo‘shiqlarda insonning qalb kechinmalari, noeik his-tuyg‘ulari ifodasi,tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi. Kishilarniqurshagan olam haqidagi qo‘shiqlarda turkiy xalqlarning doimiyyo‘ldoshi - otlar ham alohida mavqe tutadi. Asardagi ko‘pginaqo‘shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan - turkiy xalqlarning yashashtarzi bilan chambarchas bog‘liq holda yuzaga kelgan. Mahmud Koshg‘ariy«qo‘shiq» atamasiga «she’r, qasida» deb izoh bergan. «Devon»ga kirganadabiy shakllarning asosiy qismini to‘rtliklar tashkil qiladi. Ulara-a-a-b va a-a-a-a yoki a-b-v-b shaklidagi qofiyadoshlikka ega.To‘rtliklarda Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilganbahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go‘zalligi, mehnatshavqi, turli insoniy kechinmalar talqini mavzusi yetakchilik qiladi.

«Devonu lug‘otit turk»dagi she’riy parchalar shakliga ko‘ra ikkilik,to‘rtlik va murabba’lardan tashkil topgan bo‘lib, ularning ko‘p qismipand -nasihat, o‘gitlardan iborat. Asardagi xalq ko‘shiqlarining tasvirusullari ham nihoyatda xilma-xil. «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi» to‘rtligi,«Qish bilan Yoz» munozarasida jonlantirish, «Bulnar meni ulas ko‘z»to‘rtligida esa sifatlash asosiy o‘rin tutadi.


«Alp Er To‘nga» marsiyasi haqida

Alp Er To‘nga - turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib tojiklaruni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. Mahmud Koshg‘ariy AfrosiyobniQashqarda - Urdukant shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi. To‘nga Alp Er- yo‘lbars kabi kuchli bahodir odam, demakdir. Shuningdek, uningBarman, Barsg‘an degan o‘g‘illari hamda Qaz ismli qizi haqida hamma’lumotlar saqlanib qolgan. Qaz haqida asarda quyidagi ma’lumotlarkeltirilgan: «Qaz - Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shahrini shuqurgandir. Bu so‘zning asli qaz o‘yini - g‘oz o‘ynaladigan joydemakdir... Qazning otasi To‘nga Alp Er - Afrosiyobdir. U Tahmuraspdan300 yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar butun Movarounnahrni turklaro‘lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan boshlanadi. Uning bir otiDizro‘yindir. U sariqligiga ko‘ra mis shahri demakdir. Buxorogayaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi - Qazning eri Siyovusho‘ldirilgan. Majusiy-otashparastlar har yili bir kun bu yerga kelib,Siyovush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar. Mollar so‘yib, qurbonlikqiladilar...»

Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobning bolalari xoqon,xon deb atalganini eslatadi. Marsiyada Afrosiyob - Alp Er To‘nganingo‘limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydiganyo‘qotish sifatida baholanadi. Bu marsiya murabba’ shaklida bo‘lib,misralar asosan a-a-a-b qofiyalanish tartibiga ega. Alp Er To‘ngamarsiyasi barmoq vaznidadir. Uning har bir misrasi yetgi bo‘g‘indantuzilgan. Turoqlar asosan 4+3 shaklida.
ــــــــــــــــــــــــــــــــــــ

Turkiy tildagi so‘z va iboralarni to‘plash, ularni ilmiy asoslashan’anasi XI asrda yaratilgan “Devonu lug‘otit turk” asarining boy tajribasiga borib taqaladi. Zero, lug‘at muallifi Mahmud Koshg‘ariy o‘zdavridagi turli qabila-urug‘lar tiliga mansub so‘z va iboralarniyig‘ish printsiplarini belgilab, o‘z asarida aks ettirgan. Bu boradalug‘atshunos shunday yozadi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar,chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlarini, qishloq vayaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turlixil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni tilbilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni hamaniqlash uchun qildim. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibgasoldim”.
ــــــــــــــــــــــــــــــــــــ


UNESCO Mahmud Qoshg'ariyning

ming yilligini nishonlamoqda



Malik Mansur
11/05/2008



Mahmud Qoshg`ariy turkiy xalqlarning barchasi uchun birdek qimmatli bo`lgan qomusiy olimlardan biri.

UNESCO - BMTning Ta’lim, ilm-fan va madaniyat bo’yicha bo’limi 2008 yilni Mahmud Qoshg`ariy yili deb e`lon qilgan.

Shoir Tohir Qahhorning aytishicha, 20-25 oktaybrda Turkiyada turkiy davlatlar xalqaro qurultoyi rejalangan.

“Turkiyaning Rizo shahridagi universitetda ham 17-19 oktyabr kunlariQoshg`arli Mahmudga bag`ishlangan xalqaro simpozium tashkil qililmoqda.U yerda o`nlab mavzularda chiqish-ma’ruzalar belgilangan,” - deydiTohir Qahhor.

Bu tadbirlardan tashqari markazi Anqarada bo`lgan YevrosiyoYozuvchilar birligi tashkiloti ham UNESCO dasturlariga muvofiq MahmudQoshg`ariy haqida erkin mavzudagi hikoyalar tanlovini e`lon qilgan.

Unda turkiy tilda yozuvchi ijodkorlar ishtirok etishi mumkin,asarlar tashkilotga qarashli “Qardosh qalamlar” jurnalida e`lonqilinadi. Tanlov natijalari avgust oyida aniq bo`lishi kutilmoqda.

O`zbekistonda Mahmud Qoshg`ariy yili munosabati bilan biror tadbirrejalangan yoki rejalanmagani noma’lum, bu borada O`zbekiston FanlarAkademiyasidan ham munosabat olish qiyin.

Ayrim tarixchilar buning sababini olim tavalludiga doir ma`lumotlardagi farqda ko`radi.

Tarixchi olim Nasimxon Rahmon fikriga ko`ra, allomaning 1000 yoshda ekani ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

“Chunki ming yilligini o`tkazish haqidagi ma`lumotlar ishonchtug`dirmaydi, bu arab yoki boshqa manbalarda tasdiqlanganda ham boshqagap edi. Lekin kelgusi yilda asarning 940 yilligini o`tkazsa, ishonchlibo`ladi,” - deydi Nasimxon Rahmon.

Sharhlovchilar 2008 yil dunyo miqyosida Mahmud Qoshg`ariy yili e`lonqilingan paytda O`zbekistondagi jimjitlikni siyosiy sabablar bilan hambog`laydi. Rasmiy Toshkent turk davlatlari birligini ifodalovchi harqanday tadbir, tashkilotlarga qo`shilishdan bosh tortib keladi deydiular.

Mahmud Qoshg`ariy tavalludi borasidagi munozaralardan qat`iy nazar,deydi mutaxassislar, allomaning turkiy dunyodagi o`rni beqiyos.

“Qoshg`arli Mahmudning “Devoni lug`otit turk” kitobining bahositurkiy xalqlar uchun yuksak, turk tilining yozuvdagi birinchi qomusi.Bugun turkiy tilda so`zlashayotgan 26 davlat bor, ularning ayrimlarito`liq mustaqil, ayrimlari muxtoriyat ko`rinishida. Bu davlatlarninghar birida fan va adabiyot yaratilgan. Ularning barchasidaQoshg`ariyning ming yil avval yozgan lug`atining o`rni yuksak. Buni(ming yillik haqidagi ma’lumotni) quruq hamdu-sano bilan emas, turlixalqaro konferensiyalarda ishtirok etib, aniq ilmiy asoslar bilanko`rsatish kerak,” - deydi Tohir Qahhor.

Nasimxon Rahmonning aytishicha, Qoshgariy asari 9 mingga yaqinso`zni o`z ichiga olib, ilmiy jihatdan o`ta nodir bo`lgan umumturkiymeros.

Mahmud Qoshg`ariy yili munosabati bilan qator davlatlarda alloma asari qayta nash qilingan.

O`zbekistonda “Devoni lug`otit turk” bir marta, o`tgan asrning 60 yillarida chop etilgan.

Mutaxasislar fikricha, ehtiyoj katta, to`rt kitobdan iborat “Devonilug`ati turk”ning bitta kitobi hozirda 150 ming so`m atrofidabaholanadi.

Adabiyot asarlarida aytilishicha, «Devoni lug‘otit turk» («Turkiyso‘zlar devoni») hijriy 469, milodiy 1076-1077 yillarda yozilganbo‘lib, Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag‘ishlangan.

Bu vaqtda muallif 50 yoshda bo‘lgan. Yangi manbalarga ko‘ra, bu asar1072 yilda yozila boshlangan va 1074 yilda tugatilgan (hijriy 464-466y).

Muallif bu haqda shunday degan: «Kitob 464 yilda (hijriy) jumadulavval boshlarida boshlandi va to‘rt karra yozilgandan (ko‘chirilgandan)va tuzatilgandan so‘ng 466 yil jumadul oxirning 12~kuni bitirildi».

forum.arbuz.com/showthread.php?t=43402&page=2
*******************************



没有评论:

发表评论